Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziyada parom cho‘kib ketdi, 180 kishi bedarak yo‘qolgan
Indoneziya milliy qidiruv va qutqaruv agentligidan ma'lum qilishlaricha, Sumatra orolida joylashgan Toba ko‘lida parom (solsimon yassi kema) cho‘kib ketishi tufayli 180 kishi bedarak yo‘qoldi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Parom Shimoliy Sumatra provinsiyasida seshanba, 19 iyun kuni cho‘kib ketgani aytilyapti.
Agentlikdan ta'kidlashlaricha, hozirgi vaqtda ikki kishi halok bo‘lgani tasdiqlandi, yana 18 insonni qutqarib olishgan.
«Bizning ma'lumotlarga ko‘ra, hozirgi vaqtda biz 180 kishini qidirish bilan bandmiz», - deya ma'lum qilishgan Indoneziya qidiruv va qutqaruv agentligidan.
Shuningdek, aniqlik kiritilishicha, kema turistik bo‘lmagan.
Mavzuga oid
18:24 / 20.05.2025
Indoneziyada vulqon otildi, kul ustuni 5,5 km ga yetdi
20:51 / 12.05.2025
Indoneziyada eski o‘q-dorilarni utilizatsiya qilish vaqtida 13 kishi halok bo‘ldi
23:18 / 02.05.2025
Balida blekaut yuzaga keldi
22:01 / 23.04.2025