Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kalamush 17 ming dollarni g‘ajib tashladi
Hindistonning Assam shtatida texniklar bankomat ichida g‘ajilgan va mayda bo‘laklarga bo‘lib tashlangan umumiy qiymati 1,2 mln rupiy (17,6 ming dollar) bo‘lgan pullarni topishdi. Bu haqda «Bi-bi-si» xabar qilmoqda.
Texniklar yana taxminan 1,7 mln rupiy (25 ming dollar)ni qutqarib qolishgan.
Bankomatga xizmat ko‘rsatuvchi ishchilar g‘ajib tashlangan kupyuralar orasidan o‘lik kalamushni topishgan, shuning uchun banknotalarni aynan kemiruvchilar yo‘q qilib yuborgani gumonlanmoqda.
Politsiyadan aytishlaricha, hayvonlar, katta ehtimol bilan, bankomat ichiga kabellar uchun teshikdan kirib olgan. Bankomat 12 kun davomida ishlamadi, shundan so‘ng uning ichini ochib ko‘rishdi.
G‘ajib tashlangan pullar tasvirlangan fotosuratlar tvitterda foydalanuvchilar tomonidan faol ravishda tarqatildi. Xususan, SNN’ning hind jurnalisti kalamushlar qiymati 12 ming rupiy bo‘lgan o‘z uyasi ustida juda yaxshilab ishlashganini aytib, hazil qilgan.
Mavzuga oid
20:40 / 27.05.2025
Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy qiruvchi samolyotlarini yig‘ishga ruxsat berdi
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi
21:32 / 21.05.2025