Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida o‘rnatilgan yangi foto va videoradarlar 68 mingdan ortiq qoidabuzarlikni qayd etdi
M39 «Almata-Bishkek-Toshkent-Termiz» avtomobil yo‘li va A373 «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘li hamda 4R12 «Bektemir-Chorbog‘» avtomobil yo‘llariga yangi namunadagi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari o‘rnatilib, ishga tushurilgan, bu haqida ommaviy axborot vositalari orqali haydovchilar ogohlantirib kelinmoqda. Toshkent viloyati IIB YHXB Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu ogohlantirishlarga qaramasdan, 2018 yilning 16 fevral kunidan 19 iyun kuniga qadar 68 mingdan ortiq qoidabuzarliklar qayd etilgan.


Qoidabuzar haydovchilar tomonidan asosan belgilangan jarimalarni to‘lash tartibi, qoidabuzarlik holati, to‘lov amalga oshirilgandan so‘nggi holati haqidagi savollarga javoban quyidagi ma'lumotlarni taqdim qilingan:
Qoidabuzarlik sodir etilgani xaqidagi ma'lumotni olish uchun, 8860 qisqa raqamiga transport vositasini qayd etish guvohnomasi seriya raqami SMS orqali yuboriladi, qisqa muddat ichida SMS orqali qoidabuzarlik xaqidagi ma'lumot (sodir etilgan sana va jarima miqdori) keladi;
Qoidabuzarlik bo‘yicha belgilangan jarimalar Bank muassasalaridan «Munis» tizimida, plastik kartadan «Click», «PayMe» ilovalari orqali to‘lovlar amalga oshirilishi mumkin.
«Haydovchilar qarzdorligi bo‘yicha chiqarilgan qarorning seriya va raqamlarini to‘liq kiritishlari lozim, masalan qarorning yuqori qismida quyidagi raqam mavjud (RA 00000000001) ushbu raqam kiritilganda, transport vositasining davlat raqam belgisi va egasining I.F.Sh hamda qancha jarima to‘lashi haqida ma'lumot to‘liq chiqadi va shu tartibda to‘lov amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 291-moddasi talablari asosida 60 kun muddat ichida jarimalarni to‘lamaslik, jarima to‘lagunga qadar transport vositasini jarima maydoniga qo‘yishga asos bo‘ladi», deyilgan Toshkent viloyati IIB YHXB Matbuot xizmati xabarida.
Mavzuga oid
18:09 / 14.04.2025
Shavkat Mirziyoyev Chorvoqdagi xalqaro turizm markazi taqdimoti bilan tanishdi
09:10 / 27.12.2024
Toshkent - Chorvoq mavsumiy avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi
16:25 / 20.12.2024
Chorvoqda bir oilaning uch a’zosi gazdan zaharlanib vafot etdi
15:54 / 07.11.2024