Jamiyat | 15:33 / 20.06.2018
16345
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik qizlar ilk marta TechnovationChallenge2018 xalqaro tanlovi finaliga chiqishdi

O‘zbekiston tarixida birinchi marta qizlar ishtirokidagi eng yirik TechnovationChallenge xalqaro texnologik tanlovida mamlakatimiz jamoasi finalga chiqdi.

20 iyun kuni 12 nafar finalchi, butun dunyoning eng yaxshi jamoalari aniqlandi. Finalga chiqqan jamoalar yoshga doir guruhlarga taqsimlandi: katta yoshlilar guruhi (15-18 yosh)dan 6 jamoa, kichik yoshlilar guruhi (10-15 yosh)dan 5 jamoa.

Kichik yoshlilar guruhi finalchilari orasida O‘zbekistonning Generation Z jamoasi ham bor. Ularning ilovasi ELIST deb atalgan. Jamoa o‘z loyihasini xalqaro hakamlar hay'ati kollegiyasi finalida taqdim etish uchun Kaliforniyaga boradi.

Final bosqichi 6-10 avgust kunlari Kaliforniyada bo‘lib o‘tadi. Jamoalar ikki birinchi o‘rin uchun kurash olib borishadi (har bir yosh guruhida bittadan g‘olib bo‘ladi).

Video-pitchni quyidagi havola orqali ko‘rish mumkin:

Jamoa ishtirokchilari: Muslima, Sevinch, Tamila, Farangiz, Toshkent shahri maktablarining o‘quvchi qizlari.

Mentorlar: Charos Shavkatova, Muazzamxon Yusupova.

IT-mentorlar: Dostonxon Ozodxo‘jayev va Mirkamol Hamidov.

Final loyihasi haqida: ELIST ilovasi oilalardagi gender muvozanatga bag‘ishlangan va uydagi ishlarni o‘g‘il va qiz bolalar orasida teng taqsimlashga yo‘naltirilgan.

Tanlov va loyiha haqida batafsil ma'lumotni technovation.uz saytidan olishingiz mumkin.

Mavzuga oid