O‘zbekiston | 16:54 / 20.06.2018
4042
2 daqiqa o‘qiladi

Jamshid Qo‘chqorov Georgiy Petrov bilan uchrashdi, XMK xususiy sektorga oid konsultativ xizmatlarni ko‘rsatadi

«Xalqaro moliyaviy korporatsiya O‘zbekistonning xususiy sektorini rivojlantirishga qaratilgan konsultativ xizmatlarni ko‘rsatadi». Bu haqda Xalqaro moliyaviy korporatsiyasining Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlarida davlat-xususiy sherikchiligi yuzasidan konsultativ xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha menejyeri – Georgiy Petrov o‘z tashrifi davomida aytib o‘tdi.

Caption

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida bosh vazir o‘rinbosari, moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorovning Xalqaro moliyaviy korporatsiyaning (XMK) Georgiy Petrov boshchiligidagi delegatsiyasi a'zolari tomonidan konsultativ xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida gemodializ xizmatlari uchun investitsiyalarni jalb etish sohasida investitsion loyihalarni amalga oshirish masalasi muhokama qilindi. XMK tomonidan sog‘liqni — saqlash sektoriga davlat-xususiy sherikchilik (DXSh) modelini qo‘llagan holda ekspert va xususiy investitsiyalarni jalb etish, shu asnoda xususiy sektor qatnashchisini moliyalashtirish uchun belgilash, aholiga gemodializ xizmatini tashkil etish, boshqarish hamda ko‘rsatilishi rejalashtirilmoqda. 

Xalqaro moliyaviy korporatsiya, Jahon bankining Guruhi tarkibida hisoblanib, o‘zining asosiy faoliyatini rivojlanayotgan iqtisodiyotga ega mamlakatlarning xususiy sektoriga qaratadigan global rivojlanish instituti bo‘lib, O‘zbekistonda o‘z faoliyatini 1993 yildan buyon amalga oshirib kelmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid