Sport | 10:20 / 21.06.2018
13132
2 daqiqa o‘qiladi

Ispaniya guruh jadvalida faqat bir ko‘rsatkich evaziga Portugaliyadan yuqori joylashdi

Ispaniya terma jamoasi 2018 yilgi jahon chempionati guruh bosqichi ikkinchi turida Eron terma jamoasini mag‘lubiyatga uchratdi (1:0).

Ikki o‘yindan keyin B guruhida ispanlar va portugallar hisobida 4tadan ochko bor.

Qo‘shimcha ko‘rsatkichlar (to‘plar nisbati, urilgan gollar soni va o‘zaro uchrashuv natijasi) bo‘yicha ham Ispaniya va Portugaliya teng, birinchi turda ikki jamoa o‘zaro uchrashuvda 3:3 hisobida durang o‘ynagandi.

Lekin ispanlar navbatdagi kriteriya bo‘yicha portugallardan oldinda – bu feyr-pley balli. Ikki tur davomida Ispaniya faqat bir sariq kartochka ishlagan (-1 ochko), Portugaliyada esa – ikkita (-2 ochko). 

Har bir sariq kartochka uchun – minus 1 ochko, qizil kartochka uchun – minus 3, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilgan qizil kartochka – minus 4, sariq kartochka ustiga qizil kartochka ko‘rsatilishi – minus 5. Bir futbolchi faqat bir marta jazolanishi mumkin.

3-tur yakunlariga ko‘ra bu ko‘rsatkichlar bo‘yicha ham tenglik qayd etilsa, FIFA qur'a orqali vaziyatni hal qiladi.

Bu guruhning birinchi va ikkinchi o‘rin vakillari A guruhidan pley-offga chiqadigan Rossiya va Urugvayga qarshi o‘ynaydi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid