Sport | 01:12 / 21.06.2018
10580
1 daqiqa o‘qiladi

JCh-2018. Ispaniya Eron ustidan kichik hisobda g‘alaba qozondi

Jahon chempionati B guruhining 2-turida Eron hamda Ispaniya terma jamoalari kuch sinashdi. "Kazan Arena" stadionida kechgan o‘yin Ispaniyaning kichik hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi. O‘yindagi yagona gol 54-daqiqada Diyego Kosta tomonidan kiritildi. 

Ispaniya ushbu g‘alabadan so‘ng ochkolari sonini 4taga yetkazib oldi hamda Portugaliya bilan guruhda yetakchilik qilmoqda. 3 ochko to‘plagan Eron 3-pog‘onani band qilib turgan bo‘lsa, ochkosiz kelayotgan Marokash so‘nggi o‘rinni egallagan. 

JCh-2018. V guruhi. 2-tur

Eron – Ispaniya – 0:1

Gol: 0:1 – 54 Diyego Kosta.
Eron: Beyranvand, Puraligandji, Hussayni, Rezayan, Xajsafi (Muhammadi, 69), Ezzatollaxi, Ibrohimi, Amiri (Goddos, 86), Ansarifard (Jahonbahsh, 74), Azmun, Taremi.
Ispaniya: De Xea, Pike, Alba, Karvaxal, Ramos, Buskets, Inesta (Koke, 71), Isko, Vaskes (Asensio, 80), Silva, Diyego Kosta (Rodrigo, 89).
Ogohlantirishlar: Amiri (79).

Mavzuga oid