Sport | 22:12 / 24.06.2018
2569
2 daqiqa o‘qiladi

JCh-2018. Yaponiya – Senegal o‘yinida g‘olib aniqlanmadi

Jahon chempionati H guruhining 2-turi doirasida Yaponiya terma jamoasi Senegal bilan kuch sinashdi. "Yekaterinburg-Arena" stadionida kechgan o‘yin 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi. 

Yaponiya terma jamoasi tarkibida Inui hamda Xonda 1tadan gol urgan bo‘lsa, Senegal terma jamoasining gollariga Mane hamda Vage mualliflik qildi. 

2-turdan so‘ng H gurhida bir xil ko‘rsatkichlarga ega Senegal hamda Yaponiya peshqadamlik qilayotgan bo‘lsa, hozircha ochko to‘plamagan Polsha hamda Kolumbiya terma jamoalari so‘nggi o‘rinlarni egallab turishibdi. Bugun ular Toshkent vaqti bilan 23:00 da o‘zaro kuch sinashadi. 

N guruhi. 2-tur

Yaponiya – Senegal – 2:2 (1:1)

Gollar: 0:1 – 11 Mane, 1:1 – 34 Inui, 1:2 – 71 Vage, 2:2 – 78 Xonda.
Yaponiya: Kavasima, Yosida, Nagatomo, Sakai, Sedzi, Sibasaki, Xasebe, Kagava (Xonda, 72), Xaraguti (Okadzaki, 75), Inui (Usami, 87), Osako.
Senegal: Ndiay, Sane, Vage, Sabali, Kulibali, Ndiayye (Ndoyye, 81), Guyye, Sarr, Ndiayye (Kuyate, 65), Mane, Nyang (Diuf, 86).
Ogohlantirishlar: Nyang (59), Inui (68), Sabali (90), Ndoyye (90), Xasebe (90).

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid