Sport | 01:13 / 24.06.2018
15899
2 daqiqa o‘qiladi

JCh-2018. Germaniya 1 kishi kam o‘ynab, 95-daqiqada g‘alaba golini kiritdi

Germaniya terma jamoasi jahon chempionati F guruhining 2-turida Shvetsiya bilan kurash olib bordi. "Fisht" stadionida kechgan o‘yin 2:1 hisobida nemislar foydasiga hal bo‘ldi. 

32-daqiqada Toyvonen Shvetsiyani hisobda oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limning 3-daqiqasida Marko Roys hisobni tenglashtirdi. Uchrashuvning asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan  5-daqiqada Toni Kroos jarima to‘pidan unumli foydalanib, jamoasiga 3 ochko keltirdi. 

2-turdan so‘ng 6 ochko to‘plagan Meksika terma jamoasi F guruhida peshqadamlik qilib turibdi. Germaniya 3 ochko bilan 2-o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, qo‘shimcha ko‘rsatkichlar borasida yomonroq natijaga ega Shvetsiya terma jamoasi 3-o‘rinni band qilib turibdi. Janubiy Koreya terma jamoasi esa ochko yig‘magan holda, so‘nggi pog‘onada bormoqda. 

JCh-2018, F guruhi
Germaniya – Shvetsiya 2:1 
Gollar: 0:1 – 32 Toyvonen, 1:1 – 48 Roys, 2:1 – 90 Kroos.
Germaniya – Noyyer, Boateng, Ryudiger, Kimmix, Xektor (Brandt, 87), Rudi (Gyundogan, 31), Kroos, Draksler (Gomes, 46), Roys, Myuller, Verner.
Shvetsiya – Olsen, Lindelef, Augustinsson, Lyustig, Grankvist, Klasson (Durmaz, 74), Larsson, Ekdal, Forsberg, Toyvonen (Gvidetti, 78), Berg (Telin, 90).
Ogohlantirishlar: Ekdal (52), Boateng (71), Larsson (90).
Chetlatish: Boateng (82).

Азимжон Бердибеков
Tayyorlagan Азимжон Бердибеков
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid