Urugvay - Misr yo Saudiya emas. JCh mezbonlari yirik hisobda taslim etildi
JCh-2018 guruh bosqichining yakunlovchi turida urugvayliklarga qarshi maydonga chiqqan mezbonlar yirik hisobda imkoniyatni boy berdi.
Uchrashuvning 10-daqiqasidayoq Suares hisobni ochdi. Oradan biroz vaqt o‘tgach urugvayliklarning navbatdagi hujumi Cherishevning avtogoli sabab muvaffaqiyatli yakunlandi. 36-daqiqada Smolnikovning maydondan chetlatishi ikkita golga ortda qolayotgan rossiyaliklarga qimmatga tushdi. O‘yinning 90-daqiqasida Kavani ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi va jamoasining yirik hisobdagi g‘alabasini ta'minladi.
Urugvay – Rossiya 3:0 (2:0, 1:0)
25 iyunya.«Samara-Arena»
Gollar: 1:0 – 10 Suares, 2:0 – 23, avtogol Cherishev, 3:0 – 90 Kavani.
Urugvay: Muslera, Kaseres, Koates, Godin, Vesino, Nandes (Rodriges, 73), Torreyra, Laksalt, Bentankur (de Arraskaeta, 63), Kavani (Maksi Gomes, 90), Suares.
Rossiya: Akinfeyev, Kutepov, Kudryashov, Smolnikov, Ignashevich, Zobnin, Gazinskiy (Kuzyayev, 46), Miranchuk (Smolov, 60), Samedov, Cherishev (Fernandes, 38), Dzyuba.
Ogohlantirishlar: Gazinskiy (9), Smolnikov (28), Bentankur (59).
Mavzuga oid
00:35
«Yevropadagi istalgan nishonni yo‘q qila oladi» – Putin «Oreshnik» yaratuvchilari bilan uchrashdi
23:13 / 23.11.2024
Kreml yangi safarbarlik bo‘lmasligini ma’lum qildi
22:08 / 23.11.2024
Putin Kursk oblastini qaytarish muddatini belgiladi - Zelenskiy
18:44 / 23.11.2024