Sport | 19:46 / 25.06.2018
14470
1 daqiqa o‘qiladi

Jahon chempionati rekordi yangilandi

Foto: AP

Misr terma jamoasining JCh-2018 guruh bosqichi so‘nggi turida Saudiya Arabistoniga qarshi o‘yinida 45 yoshli darvozabon Essam El-Xadari boshlang‘ich tarkibda maydonga tushdi.

Bu orqali jahon chempionatlari rekordi yangilandi, misrlik darvozabon 43 yoshida mundialda ishtirok etgan kolumbiyalik Farid Mondragonning rekordini yangiladi.

Misr va Saudiya Arabistoni terma jamoa ham mundialni guruh bosqichida yakunlashi ikkinchi turdan keyinoq aniq bo‘lgan, bugungi uchrashuv faqat rasmiyatchilik maqomiga ega.

Mavzuga oid