Sport | 14:44 / 27.06.2018
8039
1 daqiqa o‘qiladi

Argentina – Fransiya. Messi «Ronaldu»ning ko‘z o‘ngida yashaydi

Argentina terma jamoasi 30 iyun kuni 1/8 finalda, Qozon shahrida Fransiya bilan bellashadi.

Tatariston poytaxtida terma jamoalar uchun 2ta mehmonxona tayyorlab qo‘yilgan – «Ramada» va «Miraj». 

Fransiya terma jamoasi avvalroq Qozonda Avstraliya bilan o‘ynagan va «Miraj» mehmonxonasida istiqomat qilgan edi. Bu safar ham fransuzlar shu mehmonxonani tanladilar. 

Foto: BIZNeS Online

Demak, Argentina terma jamoasi «Ramada» mehmonxonasida istiqomat qiladi. Uning derazalaridan Krishtianu Ronaldu graffitisi ko‘rinib turadi. Portugaliyalikning tasviri o‘tgan yili, Konfederatsiyalar Kubogi arafasida paydo bo‘lgan edi.

Foto: BIZNeS Online

Mavzuga oid