Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyda mudhish YTH: ikki kishi halok bo‘ldi, uch inson jarohat oldi
25 iyun kuni Navoiy viloyatining Navbahor tumanida Konimex tumani Sho‘rtepa mahallasida yashagan N.M. ishonch qog‘ozi bilan boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashinani “Nurota-Navoiy” yo‘lining 16-km.da haydab ketayotib, qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan Nurota tumanida yashovchi “Ziyo trans Navoiy” MChJ haydovchisi I.T. boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada “Neksiya” avtomashinasi haydovchisi N.M. va “Kobalt” avtomashinasi yo‘lovchisi N.T. jarohat olib voqea joyida halok bo‘lgan.
“Kobalt” avtomashinasi haydovchisi I.T. va yo‘lovchisi, mahalladoshi T.Ch. jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan hamda yana bir nafar yo‘lovchi, mahalladoshi M.Sh.ga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Mavzuga oid
22:18 / 14.05.2025
“170 dona 200 so‘mlik” - Navoiyda pensiyaning bir qismi tangada to‘lanayotgani aytilyapti
13:30 / 07.05.2025
O‘zbekistonda ilk bor yomg‘irni sun’iy yog‘dirish texnologiyasi sinab ko‘rilmoqda
18:28 / 01.05.2025
Navoiyda kichik samolyotlar ishlab chiqariladi
16:51 / 02.04.2025