Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shimoliy Koreyada qo‘l ostidagilarga ortiqcha payok bergan general qatl etildi – OAV
G‘arb OAVning ma'lum qilishicha, Shimoliy Koreyada mamlakat rahbari Kim Chen In buyrug‘i bilan general-leytenant Xyon Chu Son qatl etildi.
Daily Mail nashri ma'lumotlariga ko‘ra, yuqori lavozimdagi harbiy Pxenyandagi harbiy akademiya hududida otib o‘ldirilgan. U “vakolatlarini suiiste'mol qilish”, “dushmanga ko‘mak ko‘rsatish” va “partiyaga qarshi faoliyat yuritish” moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.
Generalning qatl etilishiga esa Soxe raketodromidagi o‘z qo‘shinlari va ularning oilalariga qo‘shimcha payok bergani sabab bo‘lgan. Ta'kidlanishicha, harbiylarga qo‘shimcha bir tonna yoqilg‘i, 580 kg guruch va 750 kg makka ulashilgan. Nashrning ta'kidlashicha, generalning bu ishi Kim Chen Inning g‘azabini keltirgan.
Mavzuga oid
14:39 / 27.05.2025
Shimoliy Koreyada amaldor ag‘darilgan esminets tufayli hibsga olindi
13:00 / 06.05.2025
Shimoliy Koreya Rossiyaga 15 ming mehnat muhojirini yubordi
22:44 / 04.05.2025
Kim Chen In Shimoliy Koreya tanklarini yangilash zarurligini ma’lum qildi
18:19 / 28.04.2025