Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston FVV o‘quv mashqlari o‘tkazadi
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston Respublikalari Favqulodda vaziyatlar sohasidagi hamkorligini yanada kengaytirish maqsadida 2018 yilning 25 iyun kuni Qozog‘iston va Qirg‘iziston Respublikalari vakillaridan iborat delegatsiyalar O‘zbekistonga tashrif buyurdi.
Fuqaro muhofazasi institutida hamkorlikdagi o‘quv mashg‘ulotining ochilish marosimi o‘tkazilib, avariya-qutqaruv texnika hamda vositalari ko‘rgazmasi, zilzilani simulyatsiya qilish markaziga ekskursiya tashkil etildi. Toshkent shahrining diqqatga sazovor joylari va qadimiy obidalariga sayohat o‘tkazildi.
Tashrif doirasida Toshkent shahrida va Toshkent viloyatining Chimyon tog‘li hududida «Tog‘li hududlarda jabrlanganlarni qidirish va evakuatsiya qilishda qutqaruv tuzilmalarining hamkorlikdagi harakatlari» hamda «Zilzila oqibatlarini bartaraf etishda qutqaruv tuzilmalarining harakatlari» mavzularida o‘quv mashqlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Hamkorlikdagi o‘quv mashg‘uloti joriy yilning 27-30 iyun kunlariga qadar Toshkent viloyatining Chimyon tog‘li hududida «Tog‘li hududlarda jabrlanganlarni qidirish va evakuatsiya qilish tadbirlarini olib borishda qutqaruv tuzilmalarining hamkorlikdagi harakatlari» mavzusida o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
10:12 / 27.05.2025
Qamchiqda yuk mashinasi va Gentra xandaqqa tushib ketdi
21:32 / 19.05.2025
Boysunning kelajagi nima bo‘ladi? FVV mas’uli izoh bera olmadi
17:00 / 03.05.2025
Norin daryosidagi orolchada qolib ketgan quruvchilar qutqarildi
16:35 / 06.04.2025