Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JCh-2018. Germaniya guruhdan chiqolmadi
Rossiyada jahon chempionati o‘yinlari davom etmoqda.
F guruhida Janubiy Koreya va Germaniya bellashdi. O‘yin kutilmaganda koreyaliklarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi. Nemislar raqib darvozasi oldida ko‘plab vaziyatlarni yaratgan bo‘lsa-da, gol urishni uddalay olishmadi. Janubiy Koreya esa hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda darvozani 2 marta ishg‘ol etib, g‘alabani ilib ketdi.
Guruhning yana bir o‘yinida Shvetsiya Meksikani 3:0 hisobida yengdi. Natijada, har ikkalasi 1/8 finalga yo‘l olishdi. Germaniya esa guruhda so‘nggi o‘rinni egallab, jahon chempionatini tark etdi.
JCh-2018, F guruhi
Janubiy Koreya – Germaniya 2:0
27 iyun, Qozon, «Qozon-Arena» stadioni
Gol: Kim Yon Gvon (90+1), Son Hyon Min (90+6)
Janubiy Koreya – Chjo Xen U, Kim Yon Gvon, Yun Yen Son, Xon Chxol, Chjan Xen Su, Ku Chja Chxol (Xvan Xi Chxan, 56; Ko Ye Xan, 79), Chjon U Yen, Mun Son Min (Chju Se Chjon, 69), Li Chje Son, Li Yen, Son Hyon Min.
Germaniya – Noyyer, Xummels, Zyule, Kimmix, Xektor (Brandt, 78), Xedira (Gomes, 58), Kroos, Ozil, Gorettska (Myuller, 63), Roys, Verner.
Ogohlantirishlar: Chjon U Yen (9), Li Chje Son (23), Mun Son Min (48), Son Hyon Min (65).

Mavzuga oid
02:21 / 02.12.2022
JCh-2022. Yaponiya Ispaniya ustidan irodali g‘alabaga erishib 1-o‘rin bilan 1/8 finalga chiqdi, Germaniya yana guruhda qolib ketdi
02:25 / 28.11.2022
JCh-2022. Ispaniya va Germaniya o‘rtasidagi markaziy bahsda kuchlar teng keldi
16:16 / 26.03.2021
Germaniya milliy jamoasi FIFAni inson huquqlarini himoya qilishga chaqirdi
18:54 / 10.12.2019