Jamiyat | 22:07 / 28.06.2018
109158
2 daqiqa o‘qiladi

Avtomobillar oynalarini qoraytirishga ruxsat beruvchi qaror loyihasi taqdim etildi

O‘zbekiston hukumatining tonirovka qilingan oynali transport vositalari ekspluatatsiyasini tartibga solishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qaror loyihasi regulation.gov.uz saytida muhokama uchun taqdim etildi

Hujjatda Ichki ishlar vazirligi va Moliya vazirligining 2018 yil 1 iyulidan to‘lov asosida jismoniy va yuridik shaxslarning qoraytirilgan oynali yengil transport vositalari ekspluatatsiyasiga doir taklifini tasdiqlash taklif etiladi.

Hujjatga ko‘ra, avtomobil orqa oynasining yorug‘lik o‘tkazuvchanligi 5 foizdan kam bo‘lmasligi kerak, orqa o‘rindiqning yon tomonlaridagi oynalarning yorug‘lik o‘tkazuvchanligi esa 30 foizdan kam bo‘lmasligi ko‘zda tutilgan. Tonirovkani o‘rnatish IIV qoshidagi "Innovatsion loyihalar va aholiga xizmat ko‘rsatish markazi" tomonidan davlat standartiga ko‘ra ishlab chiqilgan va tasdiqlangan tartibda amalga oshiriladi. Davlat standarti Yo‘l harakat xavfsizligi davlat xizmati bo‘limlari tomonidan 1 yil muddatga beriladigan ruxsatga asoslanadi. 

O‘z o‘rnida yengil transport vositalari old oynasining yuqori qismida kengligi 14 santimetrdan oshmagan 30 foizdan kam yorug‘lik o‘tkazuvchi chiziqlarni o‘rnatish uchun ruxsat talab etilmaydi. 

Tonirovkani o‘rnatishga ruxsat olish uchun to‘lovlar stavkasi jismoniy shaxslar uchun - eng kam ish haqining 90 baravari, yuridik shaxslar uchun esa 120 minimal ish haqini tashkil qilishi mumkin. Xorijiy mamlakatlarning yuridik shaxslari uchun to‘lov 140 eng kam ish haqi miqdorida bo‘lishi kutilmoqda.

Xorijiy davlatlarning oynasi qoraytirilgan transport vositalarining O‘zbekistonga kirishi va uning hududi bo‘ylab tranziti uchun 15 dollar miqdorida yig‘im undirish taklif qilinmoqda. 

Mavzuga oid