Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belgiyada chiqindilardan yasalgan kit haykali paydo bo‘ldi
Belgiyaning Bryugge shahridagi kanallardan birida kitni tasvirlovchi antiqa haykal paydo bo‘ldi. Haykal Tinch va Atlantika okeanlaridan olingan plastik chiqindilardan yasalgan. Haykal uzunligi 11,4 metrni, og‘irligi esa 4,5 tonnani tashkil qiladi.
Haykalni yaratish bilan Nyu-Yorkda joylashgan, rassomlar Jyeyson Klimoski va Lesli Chang tomonidan boshqariluvchi STUDIOKCA dizayn-studiyasi shug‘ullangan. Ular bu ishlari bilan jamoatchilik e'tiborini dunyo okeanining ifloslanishi muammosiga qaratmoqchi bo‘lishgan. Dunyo okeanida to‘planadigan plastik suv osti jonzotlariga katta ziyon yetkazadi.
Haykalga izohda ayni vaqtda okeanlarda 150 mln tonna plastik mavjudligi aytilgan. Bu esa sayyoramizdagi barcha kitlarning og‘irligidan ko‘proqni tashkil qiladi. Gohida bu chiqindilar butun orollarni hosil qiladi.
Mavzuga oid
21:13 / 24.03.2025
Belgiya davlat idoralari saytlari hakerlar hujumiga uchradi
22:42 / 13.01.2025
Bryusselda pensiya islohotiga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi
16:22 / 21.09.2024
Robert Kennediga qarshi tergov boshlandi, u 30 yil avval kitning boshini uzganlikda gumonlanmoqda
14:07 / 10.09.2024