Sport | 18:55 / 28.06.2018
12134
1 daqiqa o‘qiladi

Braziliyalik muxlislar Kroosni kalaka qilmoqda

Germaniya terma jamoasi yarimhimoyachisi Toni Kroos JCh-2018 guruh bosqichidan o‘rin olgan Janubiy Koreyaga (0:2) qarshi o‘yindan so‘ng, braziliyalik muxlislar tomonidan ommaviy tarzda kalaka qilindi.

2017 yil 1 yanvar kuni Kroos tvitterda yangi yil tabrigini joylashtirib, «Omadli 201:7 bilan!!» deb yozgan edi. Bunda, 1 va 7 raqamlari o‘rniga Braziliya va Germaniya bayroqlari joylashtirilgan bo‘lib, braziliyaliklarning JCh-2014 yarimfinalidagi nemislardan uchragan sharmandali mag‘lubiyatiga ishora bor edi.

Germaniya terma jamoasi Janubiy Koreyaga 0:2 hisobida yutqazib, jahon chempionatini tark etgach, braziliyalik muxlislardan biri o‘sha tvitga javoban, «Omadli 2:018 bilan!!» deb yozdi va dastlabki ikkita raqam o‘rniga Janubiy Koreya bilan Germaniya bayrog‘ini joylashtirdi.

Mavzuga oid