Jahon | 22:14 / 28.06.2018
4596
1 daqiqa o‘qiladi

Hindistonda samolyotning qurilish maydoniga qulashi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi

Hindistonning Mumbay shahrida kichik yo‘lovchi samolyotning qulashi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Daily Mail nashri ma'lum qildi. 

Ta'kidlanishicha, 12 kishilik Beechcraft King Air C90 samolyoti sinov parvozini amalga oshirayotganda shahar tumanlaridan biridagi qurilish maydonchasiga qulagan.

Samolyot bortida ikki uchuvchi va ikki muhandis bo‘lgan. Ularning barchasi halok bo‘lgan. Bundan tashqari, yerda ham ikki kishi halok bo‘lgan.

Aviahalokat sabablari noma'lumligicha qolmoqda.

Foto: EPA 
Foto: EPA 
Foto: EPA 
Foto: EPA 
Foto: EPA 
Foto: EPA 
Foto: EPA 

 

Mavzuga oid