Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mumbayda Hindiston hukumatiga qarashli samolyot uy ustiga quladi
Hindistonda mamlakat hukumatiga qarashli bo‘lgan samolyot quladi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.
Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, samolyot Mumbay shahrining aholi zich bo‘lgan tumaniga qulagan, u shahardagi moliyaviy va ko‘ngilochar markaz ekani aytilyapti.
Ta'kidlanishicha, mahalliy kanallar laynerning yonayotgan parchalari tasvirlangan kadrlarni ko‘rsatmoqda. NDTV ma'lumotlariga ko‘ra, bortda taxminan o‘n kishi bo‘lgan, ulardan uch nafari ro‘y bergan voqea sababli halok bo‘ldi.
Aniqlik kiritilishicha, voqea Gatkopar tumaniga yaqin joyda, samolyot qo‘nishga chog‘lanayotgan paytda yuz bergan. Layner uy qurilayotgan yerga qulab tushgani xabar qilinmoqda.
Mavzuga oid
20:40 / 27.05.2025
Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy qiruvchi samolyotlarini yig‘ishga ruxsat berdi
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi
23:17 / 22.05.2025