Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada germaniyalik xonanda terrorizmda ayblanib hibsga olindi
Asli kelib chiqishi kurdistonlik bo‘lgan germaniyalik xonanda va rejissyor Xozan Kane (haqiqiy ismi Saida Inach) Turkiyada terrorchilik faoliyatida ayblanib hibsga olindi. Bu haqda Deutsche Welle xabar bermoqda.
47 yoshli ayol Edirne viloyatida, Xalqlar demokratiyasi partiyasi tashkil etgan tadbirda qo‘lga olindi. Edirneda ushbu partiyadan prezidentlikka nomzod bo‘lgan shaxs hozir qamoqda saqlanmoqda.
Xonanda mamlakatda taqiqlangan Kurdiston ishchi partiyasi foydasiga terrorizm targ‘ibotini amalga oshirish va terrorchilik tashkilotiga a'zolikda ayblanmoqda. Ta'kidlanishicha, bunday ishlar bo‘yicha qo‘lga olingan shaxslar sud oldida oylab va yillab qamoqda saqlanishi mumkin.
Turkiya hukumati dalillardan biri sifatida Xozan Kane rol ijro etgan filmdan sahnani keltirgan - u o‘tgan yili tvitterdagi sahifasida kinodan kadrni joylashtirgan, u yerda Kurdiston ishchi partiyasi partizanlari bilan birga o‘tirgan.
«Sinjordagi 74-genotsid» filmining o‘zi esa, IShID terrorchilik tashkiloti tomonidan Iroqda yozidlarga qarshi uyushtirilgan genotsid haqida hikoya qiladi. Boshqa bir suratda ayolning o‘zi qo‘lida qurol ko‘tarib olgani tasvirlanadi. Xabar berilishicha, Kurdiston ishchi partiyasi a'zolari 2014 yilgi ta'qiblar vaqtida yozidlarga ko‘mak ko‘rsatishgan.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025