Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Motorola brendi ostida yangi smartfon namoyish etiladi
Smartfon ishlab chiqarishda Motorola brendidan foydalanish huquqini qo‘lga kiritgan Xitoyning Lenovo kompaniyasi Google korporatsiyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqarilayotgan yangi qurilmani namoyish etadi.
Android Headlines'da yozilishicha, Motorola One nomli smartfon Android One loyihasi doirasida ishlab chiqarilgan Google operatsion tizimi boshqaruvi ostida ishlaydi. Ushbu dasturiy platforma ortiqcha ilovalardan xoli bo‘lib, unda Google'ning Gmail, YouTube, xaritalar kabi mashhur dasturlari o‘rnatilgan.
Xiaomi Mi A1, HTC U11 va qator boshqa modellar Android'ning shunday versiyasi bazasida ishlaydi.
Motorola One smartfoni iPhone X uslubidagi dizaynga ega bo‘ladi - 6,2 dyuymli hoshiyasiz ekranning yuqori qismini kameralar va dinamika tizimi bezaydi. Ekran o‘lchamlari 2280x1880 pikselni tashkil qiladi. Minimal komplektatsiya 4 Gb operativ va 64 Gb doimiy xotiraga ega bo‘ladi. Asosiy kamera o‘lchami - 12 Mp, frontal kameraniki esa 8 Mp bo‘lishi kutilmoqda.
Shuningdek 3780 mAs akkumulyator sig‘imiga ega Motorola One Power modifikatsiyasi ham ishlab chiqarilmoqda.
Mavzuga oid
17:55 / 12.05.2025
Apple deyarli butunlay shisha iPhone chiqaradi
17:30 / 29.03.2025
Maktablarda smartfonlarni taqiqlashning o‘zi yetarli emas – tadqiqot
15:25 / 24.03.2025
Smartfonni almashtirish uchun optimal muddat ma’lum qilindi
12:38 / 11.03.2025