Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyodagi eng katta voha YuNeSKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritildi
Foto: EPA
Keniya, Ummon va Saudiya Arabistonidagi uchta obekt YuNeSKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritildi.
Ro‘yxatga Keniyadagi Tximlich Oxinga arxeologik obekti, Ummondagi qadimiy shahar Kalxat va Saudiya Arabistonidagi Al-Axsa vohasi kiritilgan.
Tximlich Oxinga Viktoriya ko‘li yaqinida joylashgan bo‘lib, 16-asrda barpo etilgani taxmin qilinadi. Unda toshlarni bir-biriga hech qanday bog‘lovchi materialsiz terish usuli bilan qurilgan inshootlar bor.
Kalxat Umonning sharqiy sohilida joylashgan bo‘lib, ichki va tashqi devorlar bilan o‘ralgan. Bu shahar Arabiston yarimorolining sharqiy sohilbo‘yi, Sharqiy Afrika, Hindiston, Xitoy va Janubiy Sharqiy Osiyo aholisi o‘rtasidagi savdoga noyob arxeologik isbot hisoblanadi.
Al-Axsa vohasi Arabiston yarimorolining sharqiy qismida joylashgan bo‘lib, bog‘lar, kanallar, chashmalar, drenaj ko‘llar, tarixiy inshootlardan tashkil topgan. Bu voha dunyodagi eng katta voha bo‘lib, unda 2,5 mlnta palma o‘sadi.
Mavzuga oid
15:05 / 06.05.2025
Toshkentdagi 21 ta binoni YuNeSKO Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritish taklif etilmoqda
16:49 / 02.04.2025
Saida Mirziyoyeva YuNESKO Bosh konferensiyasi Samarqandda o‘tkazilishini olqishladi
14:46 / 12.03.2025
Shavkat Mirziyoyev Parijda YuNeSKO bosh direktori bilan uchrashdi
13:48 / 05.12.2024