Jahon | 11:42 / 30.06.2018
44970
2 daqiqa o‘qiladi

Peterburgda migrantlar ishtirokida ommaviy mushtlashuv, O‘zbekistonning 26 nafar fuqarosi politsiyaga olib ketildi

Foto: Videodan kadr

Peterburg shimolidagi qurilish maydonchasida ishchilarning ommaviy mushtlashuvi yuz berdi. Unda tayoqlar va toshlardan ham foydalanilgan. Hodisadan so‘ng 30 kishi politsiya bo‘linmasiga majburan olib ketildi, deya xabar beradi «Fontanka.ru».

27 iyun kuni, kunduzgi soat birlarda yaqin atrofidagi uylarda yashovchi aholi ko‘cha tomondan kelayotgan shovqinni eshitishgan. Ular qurilish vagonlari yonida to‘plangan ko‘plab odamlarni ko‘rishdi. Guvohlarning aytishicha, ishchilar bir-biriga tosh otishgan, mushtlashuv chog‘ida tayoqlardan foydalanishgan. 

«Fontanka» ma'lumotiga ko‘ra, huquq-tartibot idoralari vakillari voqea joyiga yetib kelganida mushtlashuv tugab bo‘lgan. Nashrga ko‘ra, keyinroq Tojikistonning 18 yoshli fuqarosi kasalxonaga og‘ir holatda olib kelindi. Shifokorlar unda yopiq bosh miya jarohati, bosh, tana va oyoq-qo‘llar jarohatini qayd etishdi. Tibbiyot xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonning 37 yoshli fuqarosi ham olib kelingan, uning jarohatlari u qadar og‘ir emas.

Politsiya bo‘linmasiga 30 kishi olib kelingan, ulardan 26 nafari O‘zbekiston, ikki nafari Tojikiston va bir nafari Ozarboyjon fuqarosi. 19 kishiga bayonnomalar rasmiylashtirildi. Yana 11 kishining harakatlarida mayda bezorilik alomatlari aniqlangan.

 

Mavzuga oid