Sport | 23:42 / 01.07.2018
3585
1 daqiqa o‘qiladi

“Formula-1”ning Avstriya Gran-prisi g‘olibi ma'lum bo‘ldi 

Foto: Hoch Zwei/globallookpress.com

“Formula-1”ning 9-bosqichi – Avstriya Gran-prisida “Red Bull” jamoasi poygachisi Maks Ferstappen g‘olib bo‘ldi.

2-3-o‘rinlarni “Ferrari” vakillari Kimi Raykkonen va Sebastyan Fettel egallagan.

Fettel ushbu bosqich yakunlariga ko‘ra poyga yetakchisi Lyuis Xemiltondan 1 ball o‘tib,  146 ball bilan umumiy hisobda yana 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Xemilton hisobida esa 145 ball bor. 3-o‘rinni 101 ball bilan Raykkonen egallamoqda. Gran-pri g‘olibi Ferstappen esa 93 ball bilan 5-o‘rinni egallamoqda.  

Poyganing navbatdagi bosqichi Buyuk Britaniyaning Silverstounida 6-8 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid