Sport | 16:30 / 01.07.2018
42067
7 daqiqa o‘qiladi

Ronaldu va Messi JCh-2018ni bir kunda tark etdi: Bu juda yaxshi ekani haqida 4 sabab

Yigitlar – «malades», lekin buyog‘iga ularsiz

Leo va Krish o‘z kareralaridagi bosh orzu bilan bir kunda xayrlashishdi. Quyida sayyoramizning «eng krutoy» bu futbolchilarisiz JCh-2018ning yorqinligi pasayadi deb o‘ylovchi fanatlar uchun yupanch keltiramiz.

Yangi qahramonlar

Yaqin 15 kun ichida buyuk duetdan kimdir navbatdagi «Oltin to‘p» uchun shohsupaga ko‘tarilayotganida norozi ohangda «uh» tortuvchilar uchun haqiqiy jannat bo‘ladi.

Boshqa daholarning zamoni keldi, ularning qisqacha ro‘yxati allaqachon tayyor:

1. Kilian Mbappe. U «Sapsan» yaratuvchilaridan patentni o‘g‘irlab olib, Rossiya gazonlarida turbotezligini namoyish etib qo‘ydi. Uning Argentinaga qarshi o‘yindagi perfomansi — dahshatning o‘zginasi: nimchorakfinaldagi shoudan so‘ng ushbu tineyjyerdan xuddi u bir paytlar Buffonni ilma-teshik qilganidek hayratga tushishmoqda. Ehtimol, aynan Mbappe hozir KriRo va Leo merosxo‘ri bo‘lish uchun asosiy favorit bo‘lib turgandir.

Kilian Mbappe. Foto: Getty Images

2. Harri Keyn. U to‘satdan ulg‘ayib, Angliya terma jamoasining yirik turnirdagi haqqoniy yetakchisiga aylandi. O‘z-o‘zidan tushunarliki, Panama darvozasiga het-trik va Tunisga dubl — u qadar yuksak ko‘rsatkichlar emas, lekin bu hujumchini mazkur Jahon chempionatining eng yaxshi straykeri bo‘lishi uchun chog‘lantirishi kerak. Endi u pley-offda o‘zini namoyish etadi,  mana ko‘rasiz!BBC

Foto: BBC

3. Edinson Kavani. Uning uchun faqat xursand bo‘lish lozim bo‘lgan virtuoz matador. U butun umr eng muhim uchrashuvlarni barbod qilib kelgan, bu yerda esa Portugaliya himoyasini nimta-nimta qilib tashladi. Endi u shoshilinch ravishda o‘zini tiklab, yarim finalda yana o‘zini ko‘rsatishi kerak.

Edinson Kavani. Foto: Getty Images

Aslida «krutoy» o‘yinchilar tiqilib yotibdi — Neymardan Godingacha sanab ularning adog‘iga yetish mumkin. Shunisi quvonarliki, 2014 yilgi hodisa — Messi mediada xo‘b mashhurligi va avvalgi yutuqlari uchun JChning eng yaxshi futbolchisi unvonini qo‘lga kiritgani kabi hodisa endi takrorlanmaydi.

Hozir Yevropa klublaridagi barcha targetmenlar tushunib turishibdi: bizda ushbu jahon chempionatini portlatish uchungina emas, Krish va Leo bilan «Oltin to‘p» borasida baslashish uchun ham bor-yo‘g‘i ikki hafta bor. Boz ustiga, bu fursat ro‘yxatga maneken sifatida faqat nomiga qo‘shilish uchun emas, haqqoniy raqobat yuzaga keltirish uchun.

Azim raqiblar

Argentina fransuzlarga qarshi jonbozlik ko‘rsatib, otashin, yorqin va bukilmas o‘yin namoyish etishdi, biroq taktik xatolarni ham saqlab qolgan ediki, bu «uchranglilar» uchun chorakfinal yo‘llanmasini qo‘lga kiritishda qo‘l keldi. Deshamga qarsak chalib qo‘yish kerak: birqadar zerikarli guruh bosqichidan so‘ng uning jamoasi kutilmaganda qat'iylikni oshirib, argentinaliklarni qattol qarshi hujumlar bilan charchatdi. Yevropaliklarning o‘yinidan futbolni o‘ldiruvchi ratsionallik yo‘q bo‘ldi — fransuzlar muntazam ravishda vaziyatni keskinlashtirib, qochib ketib, uzoq masofadan zarbalar berib, Rossiyada o‘tayotgan JChning Top-8 ligiga munosib ravishda yo‘l olishdi.

Urugvay bilan bog‘liq vaziyat yanada hayratlanarli. Qo‘ltiqtayoqdagi kouch-Splinter, plombalangan markaziy himoya, juda to‘yintirilgan maydon markazi, reaktiv qanotlar va hujumidagi ideal tandem — bu ayni paytda jahon chempionatdagi eng mukammal terma jamoadir. U o‘yinni raqibga moslashi, bo‘g‘ishi, hayratlantirishi mumkin — bunday mahoratlar to‘plami boshqa hech kimda yo‘q.

Portugaliyaga qarshi o‘tgan o‘yinning eng xarakterli lahzasi — o‘yin yakunlanayotganida Suares qanotdan qochib ketib, burchakdagi bayroq oldida nayranglarini ishga solib vaqt o‘ldirish o‘rniga, jarima maydonchasiga yana bir gol urish uchun to‘pni oshirgani bo‘ldi. Bu juda halol, munosib va ajoyib — portugaliyaliklarning o‘zi ham haqiqiy erkaklarga boy berishganini juda yaxshi tushunib turishibdi.

Krish shartnoma bilan bog‘liq masalani yechadi

Jahon chempionati butun transfer yangiliklarini bosib ketuvchi unikal hodisadir. Lekin, tayyor bo‘lib turing: final o‘tib olsin, klubdan klubga potensial o‘tishlar haqidagi mish-mishlar kichik Potterga Hogvartsdan kelgan xatlar singari har tomondan yopirilib keladi.

Xullas: yaqin 15 kun ichida Ronaldu nafaqat hordiq chiqarishi, shuningdek o‘z kelajagini Peres va Lopetegi bilan muhokama qilib ham olishi haqida umid bor. Bunchalik vaqt yoz faslining ikkinchi yarmi Krish Madriddan qayoqqa ketadi yoki umuman, u o‘zi ketadimi-yo‘qmi, kabi syujyetlarsiz o‘tkazilishi uchun yetarli fursatdir.

Krishtianu Ronaldu. Foto: EFE

Bundan yaxshisi bo‘lmaydi

Leo va Ronalduning shaxsiy va jamoaviy titullari shu qadar ko‘pki, Jahon kubogi ikkisidan birini avtomatik ravishda tarixdagi eng buyuk o‘yinchiga aylantirar edi. Bunday vaziyat «Kim krutoyroq?» qabilidagi o‘n minglab mubohasalarga yog‘liqqina nuqta qo‘yardi, chunki jahon futbolining bosh jomi har qanday savolni o‘rtadan ko‘taradi. Masalan, o‘sha Maradona o‘zining (Messi fonidagi) chalajon statistikasiga qaramasdan, JCh-1986 oltini tufayli hanuzgacha Leo darajasida kotirovka qiladi. Krishniki umuman dahshatli — agar u Rossiyada g‘alaba qozonganida Zidanning fintini takrorlab, eng cho‘qqiga chiqqan chog‘ida, shu yozning o‘zidayoq butsasini mixga ilib qo‘yishi mumkin edi.

Biroq ulardan hech biri g‘alaba qozona olmadi. Ikki o‘zga sayyoralik Yer kurrasining eng nufuzli titulini qo‘lga kirita olmaganida ham qandaydir ramz bor.

Mavzuga oid