O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiylari xalqaro musobaqa rekordini o‘rnatdi
Joriy yilning 26 – 29 iyun kunlari MDHga a'zo davlatlar do‘stona armiyalari o‘rtasida harbiy-amaliy sportning “Ko‘p kurash harbiy sport kompleksi” turi bo‘yicha Belorus Respublikasi poytaxti Minskda bo‘lib o‘tgan halqaro musobaqada O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiylari mezbonlardan keyin ikkinchi o‘rinni egallashdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Nufuzli musobaqada Belarus Respublikasi (ikkita jamoa), O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston Respublikalari, Rossiya Federatsiyasi kabi MDHga a'zo davlatlardan oltita jamoa ishtirok etib, 100 va 3000 metrga yugurish, uzoqlikka granata uloqtirish, turnikda tortilish, to‘siqli yo‘laklarni 400 metrga yugurish bilan birgalikda o‘tish kabi harbiy kompleks mashqlarni yakka va jamoa tarkibida bajardi.
Musobaqada podpolkovniklar Mansur Mamadaminov va Bahodir To‘xtanazarov boshchiligidagi Mudofaa vazirligi jamoasi yuqori jismoniy tayyorgarliklarini namoyish qildi.
Kichik serjant Isoqjon Rustamov yagona to‘siqli yo‘laklarni 400 metrga yugurish bilan o‘tishda 2 daqiqayu 13 soniya natija qayd etib, nufuzli musobaqada birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi va harbiy kiyimda musobaqa rekordini o‘rnatdi.
Ushbu musobaqada 4 nafar harbiy xizmatchi leytenantlar Shoxruh Nizomov, Faxriddin Mamarizayev, kichik serjant Isoqjon Rustamov hamda Umid Ahmadjonov “Harbiy-amaliy sport turlari bo‘yicha sport ustasi” va Abbos Isxaqov “Harbiy-amaliy sport turlari bo‘yicha sport ustaligiga nomzod” talablarini bajardi.
Uchinchi o‘rin Qozog‘iston vakillariga nasib etdi. G‘olib va sovrindor jamoalar kubok, medal va diplomlar bilan taqdirlandi.
Mavzuga oid
17:21 / 14.09.2024
O‘zbekistonlik harbiylar Janubiy Koreyada o‘tkazilgan xalqaro musobaqada 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi
16:39 / 11.03.2022
O‘zbekiston razvedkachilari Pokistonda o‘tkazilgan xalqaro musobaqa g‘olibi bo‘ldi
12:37 / 10.04.2021
O‘zbekistonlik o‘quvchilar xalqaro tanlovda g‘olib bo‘ldi
08:19 / 01.09.2019