Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyalik futbolchilar muxlislaridan qolishmadi
Yaponiya terma jamoasi futbolchilari jahon chempionati nimchorak finalida Belgiyaga qarshi kechgan uchrashuvdan keyin stadiondagi kiyim almashtirish xonasini «yog‘ tushsa, yalagudek» qilib tozalab ketishgan.
Belgiyaga qarshi uchrashuvda 2:0 hisobida oldinda borgan Yaponiya oxirgi daqiqada qarshi hujumda gol o‘tkazib, 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi va turnirni tark etdi.
Juda alamli tarzda mag‘lubiyatga uchragan yapon futbolchilari o‘sha holatda ham o‘z prinsiplariga sodiq qolishgan. O‘yindan so‘ng xonani tozalab, rus tilida «Spasibo» deb yozib, stadionni tark etishgan.

Chempionat davomida yaponiyalik muxlislar juda tartibli ekanliklarini namoyish etib, har o‘yindan keyin stadionda o‘zlari joylashgan sektorlarni top-toza qilib ketayotgandi. Belgiyadan qabul qilingan alamli mag‘lubiyatdan so‘ng ham, stadionni tark etayotib o‘z o‘rinlarini yig‘ishtirib qo‘yishdi.
Mavzuga oid
02:21 / 02.12.2022
JCh-2022. Yaponiya Ispaniya ustidan irodali g‘alabaga erishib 1-o‘rin bilan 1/8 finalga chiqdi, Germaniya yana guruhda qolib ketdi
02:39 / 24.11.2022
JCh-2022. Belgiya Kanada ustidan qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi
16:33 / 09.06.2021
Yevro-2020, tanishtiruv: V guruhi - Rossiyaning raqiblari FIFA reytingi yetakchisi va skandinavlar
18:54 / 10.12.2019