Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erkak aybdorlik hissi sababli 44 yil avval avtoturargoh uchun to‘lamagan pulni to‘ladi
AQShning Pensilvaniya shtatida yashovchi erkak o‘zini aybdor his qilib, 44 yil avval avtoturargoh uchun to‘lamagan haqni to‘lashga qaror qilgan. Bu haqda Associated Press axborot agentligi ma'lum qildi.
Shtatning Minersvill shahri politsiya bo‘limida aytilishicha, bo‘limga ichida 5 dollar va maktub bo‘lgan konvert kelgan. Politsiya boshlig‘i Maykl Komsning aytishicha, maktubda noma'lum erkak o‘zining qilmishi uchun uzr so‘ragan.
“Hurmatli politsiya departamenti, men bu chiptani o‘zim bilan 40 yildan ko‘proq olib yurdim. Har doim uning pulini to‘lamoqchi bo‘lib yurardim. O‘z ma'lumotlarimni ma'lum qilmaganim uchun kechirasizlar. Hurmat bilan Deyv”, deb aytilgan maktubda.
Ta'kidlanishicha, erkak 1974 yildagi parkovka chiptasi uchun 2 dollar to‘lashi kerak bo‘lgan, biroq u 5 dollar jo‘natgan. Ayni vaqtda bunday chipta 20 dollar turadi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025