Jahon | 01:07 / 04.07.2018
21030
2 daqiqa o‘qiladi

Yolg‘izlik kasallikmi? 

Minnesota universiteti olimlari uzoq ijtimoiy izolyatsiya inson organizmiga jismoniy og‘riq berishi va davomli destruktiv ta'sir ko‘rsatishi mumkinligini aniqlashdi. Amerika yurak kasalliklari assotsiatsiyasi shu haqida xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, yolg‘izlik organizmning umumiy holatiga qarab, miya va boshqa ichki organlar "eskirishi"ni tezlashtiradi hamda o‘lim xavfini 50-70 foizga oshiradi. 

Olimlarning ma'lumotlariga ko‘ra, ijtimoiy izolyatsiya yuqori qon bosimi rivoji xavfini sezilarli darajada oshirishi va odamlarni jahldor qilib qo‘yishi mumkin. Shifokorlar yolg‘izlik natijasidagi o‘lim holatlarini yurak kasalliklariga qiyoslashadi - har holda ijtimoiy izolyatsiya va yurak-qon tomir kasalliklari natijasidagi o‘lim holatlari statistikasi yolg‘iz insonlar boshqalarga nisbatan 3,5 baravar tezroq hayotdan ko‘z yumishlarini ko‘rsatmoqda. 

Ta'kidlash joizki, barcha yoshdagi kishilar ijtimoiy izolyatsiyaga mahkum: olimlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, 20 yoshdan 80 yoshgacha bo‘lgan kishilar bundan aziyat chekishar ekan. Bundan avval Kvinslend Universiteti olimlari ham xuddi shu gipotezani tasdiqlashgan edi. Ularning fikricha, ijtimoiy munosabatlarning yo‘qligi insonga alkogol va tamaki mahsulotlaridan-da kuchli salbiy ta'sir ko‘rsatadi.

Mavzuga oid