Jahon | 07:54 / 05.07.2018
13736
2 daqiqa o‘qiladi

Eymsberidagi jabrlanganlar “Novichok” bilan zaharlangani ma'lum qilindi 

Foto: KUN.UZ

Angliyaning Eymsberidagi erkak va ayol rossiyalik sobiq razvedkachi Sergey Skripal va uning qizi zaharlangan modda – “Novichok” bilan zaharlangan. Bu haqda Skotland-Yardning aksilterrorchilik bo‘limi boshlig‘i Nil Basu ma'lum qildi. 

Avvalroq politsiya 44 yoshli ayol va 45 yoshli erkak Eymsberidagi uylardan birida behush holda topilganlarini ma'lum qilgandi. Hozirda ular Skripallar davolangan Solsberidagi shifoxonada og‘ir ahvolda qolmoqdalar. Dastlab ular giyohvand moddadan zaharlanganliklari taxmin qilingan.

Basuning aytishicha, u jabrlanuvchilar “Novichok”dan zaharlanganiga ishora qiluvchi tahlillar natijasini 4 iyul kechki vaqt olgan.

Biroq hozircha Skotland-Yardga jarblanuvchilar ushbu modda bilan qanday qilib zaharlanganlari noma'lum. Basuning aytishicha, jabrlanuvchilar Skripallar Solsberida bo‘lgan joylarda bo‘lishmagan.

Basuning ta'kidlashicha, ushbu ikki voqea bir-biri bilan bog‘langani va gap bir partiyadagi modda haqida ketayotganini aniqlash kerak. Uning aytishicha, u hozircha jabrlanuvchilar Skripallar bilan aloqasi bo‘lgani, bu zaharlanish suiqasd yoki tasodif bo‘lgani borasida hech qanday taxminga ega emas. 

Basu Eymsberidagi hodisa tergovi davom etayotgani, unda yuzlab detektivlar ishtirok etayotgani, ushbu jarayonga 12 ta tuzilma jalb qilinganini ma'lum qilgan.

Angliyaning bosh shifokori Salli Devis Eymsberidagi jabrlanuvchilar zaharlangan moddadan zaharlanish xavfi kamligini, biroq ehtiyotkor bo‘lishni, Eymsberi va Solsberidagi o‘rab olingan hududlarda bo‘lganlarga kiyimlarini yuvishni tavsiya qilgan.

“Har qanday noma'lum va igna yoki shprits kabi xavfli buyumlarga tegishdan ehtiyot bo‘ling”, deb aytgan bosh shifokor.

Mavzuga oid