Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyda yosh yigit turmush o‘rtog‘i tug‘ruqxonaga olib ketilgan kuni qurilish obektida vafot etdi
Navoiy viloyatida qurilish obektida baxtsiz hodisa tufayli yosh yigit vafot etdi. Bu haqda NavoiToday nashri xabar bergan.
Mazkur hodisa Navoiy shahrida olib borilayotgan ko‘pqavatli uylar qurilishining birida 2 iyul kuni sodir bo‘lgan. Ma'lum qilinishicha, viloyatning Navbahor tumanida istiqomat qilgan yigit qurilish obektida payvandchi sifatida faoliyat olib borgan.
Ish jarayonida ehtiyotsizlik tufayli 380 Voltli elektr toki urishidan jabrlangan yigit voqea joyida halok bo‘lgan. Tibbiy tekshiruvlar uning ichki a'zolari, xususan o‘pka va yurak organlari jiddiy shikastlanganini ko‘rsatdi.
Marhum qarindoshlarining aytishicha, uning turmush o‘rtog‘i shu kunlarda ko‘zi yorish arafasida bo‘lib, halokatdan bexabar kelin hodisa sodir bo‘lgan kuni tug‘ruqxonaga olib borilgan.
Mavzuga oid
09:47 / 17.05.2025
Navoiyda ventilyatsiya tarmog‘i orqali oltin o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
11:43 / 13.05.2025
Navoiyda 55 yoshli ayol hujjatlarda erkak sifatida qayd etib kelingani aniqlandi
11:11 / 06.05.2025
“Tezlik juda yuqori bo‘lgan” – Navoiydagi dahshatli YTHga izoh berildi
18:21 / 09.04.2025