Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hasan Ruhoniy Yevropa takliflari haqida salbiy fikrlarini bildirdi
Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Yevropa mamlakatlarining Eron yadro kelishuvi bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga doir taklifini salbiy baholadi. Uning fikricha, Yevropa takliflari umidsizlikni anglatadi. Eron davlat rahbari Yevropadan aniq takliflarni kutayotganini aytgan. Bu haqda davlat rahbari saytida ma'lum qilingan.
Eron yetakchisi Hasan Ruhoniy Germaniya federal kansleri Hasan Ruhoniy bilan telefon orqali muloqotida Yevropaning uch davlati tomonidan yadro kelishuvini saqlab qolishga doir taklifini “umidsizlik nishonasi” deb baholagan.
«Afsuski, bildirilgan taklif masalani zudlik bilan hal etish va hamkorlikning aniq usuliga ega emas. Unda YeIning avvalgi bayonotlari singari faqatgina umumiy majburiyatlar bor, xolos», — deyiladi xabarda.
Ruhoniyning qayd etishicha, rasmiy Tehron Venada bo‘lib o‘tadigan tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi natijasidan kelib chiqqan holda Yevropa bilan hamkorlikni davom ettiradi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 2015 yil imzolangan Umumiy harakatlar rejasi o‘zaro majburiyat bo‘lib, Tehron 2 oydan so‘ng Yevropadan ushbu rejani davom ettirish borasida aniq ishoralarni kutib qoladi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
20:03 / 23.05.2025
Rimda AQSh va Eron o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar boshlandi
16:28 / 23.05.2025
Eron 2023 yilda Ozarboyjon elchixonasiga hujum qilgan erkakni qatl qildi
10:38 / 21.05.2025