Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BAA ekoturizmni rivojlantirishga jiddiy kirishdi
BAA Iqlim o‘zgarishi va atrof-muhit masalalari vazirligi mamlakatda ekoturizmni rivojlantirishga doir keng ko‘lamli loyihani ishga tushirdi. Khaleej Times shu haqida xabar berdi.
BAA hukumati sayyohlar e'tiborini 43 tabiat qo‘riqxonasiga jalb etishmoqchi, ularning maydoni mamlakat hududining 14 foizini tashkil qiladi.
Loyiha doirasida mamlakatning barcha qo‘riqxonalari haqidagi axborot portali va mobil ilova yaratiladi. Xorijiy mamlakatlardagi diplomatik missiyalar va milliy aviakompaniyalar reyslarida reklama kampaniyalari yo‘lga qo‘yiladi.
Bugunga kelib dunyodagi barcha turistik sayohatlarning 20 foizga yaqini ekoturizm hissasiga to‘g‘ri keladi. BAA bu yo‘nalishni rivojlantirib, ekoturizmning jahon markazlaridan biriga aylanishni rejalashtirmoqda, deyiladi nashrda.
Mavzuga oid
22:27 / 19.05.2025
Rossiya BAAga salkam 400 kg chuvalchang jo‘natdi
18:41 / 16.05.2025
Suriya Rossiyani Tartus portidan chiqarib yubordi va uni BAAga topshirdi
11:02 / 16.05.2025
Trampning BAAga tashrifi: 1,4 trillionlik va’da va AQSh tashqarisidagi eng yirik AI markazi
03:00 / 08.05.2025