Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Portugaliyada korrida taqiqlanmaydigan bo‘ldi
Portugaliya parlamenti 6 iyunda korridani taqiqlash haqidagi qonun loyihasiga qarshi ovoz berdi.
Ushbu qonun loyihasi Odamlar, hayvonlar va tabiat partiyasi deputati Andre Silva tomonidan taqdim qilingan.
Korridaning taqiqlanishiga 230 deputatdan faqatgina 31 nafari ovoz bergan. Silva yig‘ilishda deputatlarni tanqid qilgan hamda ularning aksariyati uchun axloq tushunchasidan ko‘ra “iqtisodiy manfaatlar” ustunroq ekanligini aytgan.
Ispaniyadan farqli, Portugaliyadagi korridalarda 19-asr o‘rtalaridan buqani arenada o‘ldirish taqiqlangan, biroq tomoshadan keyin ular jonsizlantiriladi.
Mavzuga oid
11:32 / 19.05.2025
Portugaliyada o‘ng markazchilar navbatdan tashqari saylovlarda g‘alaba qozondi
19:50 / 16.05.2025
Portugaliyada cherkovning qulagan devorlari orasidan 12 ta skelet topildi
21:57 / 04.05.2025
Portugaliya 18 mingga yaqin noqonuniy migrantni mamlakatdan chiqarib yuboradi
17:12 / 28.04.2025