Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eng boy odamlar reytingi yangilandi
Foto: Getty Images
Facebook ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Mark Tsukerberg eng boy odamlar ro‘yxatining 3-o‘rniga ko‘tarilib oldi. U Bloomberg tomonidan tayyorlanuvchi reytingda amerikalik sarmoyachi Uorren Baffetdan o‘zib ketdi.
Bloomberg’ning ma'lum qilishicha, ayni vaqtda Tsukerbergning boyligi 81,6 mlrd dollarni tashkil qilmoqda. Bu esa 81,2 mlrd dollarga ega Baffetnikidan 373 mln dollarga ko‘proqdir. Ta'kidlanishicha, Tsukerberg 6 iyunda Facebook aksiyalari narxi 2,4 foizga qimmatlashgandan keyin Baffetni ortda qoldira oldi.
Reytingda hamon Amazon asoschisi Jyeff Bezos yetakchilik qilmoqda, uning boyligi 142 mlrd dollarga baholangan. 2-o‘rinni Microsoft asoschisi Bill Geyts 94,2 mlrd dollar bilan egallamoqda.
Ta'kidlanishicha, shu tariqa ilk bor dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatining eng yuqori 3 pog‘onasini o‘z biznesini axborot texnologiyalari negizida qurgan tadbirkorlar egallamoqda.
Mavzuga oid
16:30 / 04.05.2025
Milliarder Uorren Baffett Berkshire Hathaway bosh direktorligidan ketadi
18:27 / 18.04.2025
Meta Tsukerbergning xavfsizligi uchun 2024 yilda 14 mln dollar sarfladi
22:38 / 30.01.2025
Meta kompaniyasi Trampga 25 mln dollar to‘lashga rozi bo‘ldi
22:15 / 15.01.2025