Jahon | 08:42 / 07.07.2018
16493
1 daqiqa o‘qiladi

Kanadada noodatiy issiq havo qurbonlari 54 kishiga yetdi 

Foto: Tijana Martin/The Canadian Press

Kanadaning Kvebek provinsiyasida hukm surayotgan noodatiy issiq havo tufayli 50 dan ko‘proq odam halok bo‘ldi.    

Ta'kidlanishicha, Kvebekda o‘tgan dam olish kunlari issiq havo o‘rnatilgandan keyin 54 kishi halok bo‘ldi. Qurbonlardan 28 nafari provinsiyaning eng katta shahri Monrealga to‘g‘ri kelmoqda. Qurbonlarning aksariyati 65 va undan katta yoshdagilardir. Ta'kidlanishicha, qurbonlar soni yanada ko‘payishi mumkin. 

Kanada meteobyurosi ma'lumotlariga ko‘ra, Kvebek, Ontario provinsiyalarining janubiy qismida hamda mamlakatning Atlantika yaqinidagi hududlarida 29 iyundan beri ekstremal issiq havo o‘rnatilib, havo harorati 30-40 darajagacha qizimoqda. 6 iyulda Kvebekda harorat biroz pasaygan, biroq 1-2 kundan keyin yana ko‘tarilishi prognoz qilinmoqda.   

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid