Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qumqo‘rg‘on tumani IIBda “Mehnat yarmarkasi” tashkil qilindi
2018 yilning 6 iyul kuni Qumqo‘rg‘on tumani hududida foydali mehnat bilan shug‘ullanmay ishsiz yurganlar, ayniqsa, 18 dan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar, muqaddam sudlanganlar, profilaktik hisobda turgan hamda uzoq muddatdan qaytib kelgan shaxslarning bandligini ta'minlash uchun tuman Hokimligi, tuman Bandlikka ko‘maklashish markazi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan hamkorlikda Qumqo‘rg‘on tumani IIB boshlig‘i tashabbusi bilan “Mehnat yarmarkasi” tashkil qilindi. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tashkil etilgan “Mehnat yarmarkasi”da tumandagi mavjud 64 ta korxona va tashkilotlar o‘zlarining 462 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi.
Mehnat yarmarkasida ishtirok etayotgan hamda tadbirkorlik bilan shug‘ullanish ishtiyoqida yurgan 20 nafar fuqaroning 7 nafari yoshlarni tashkil etib, bank xodimlari tomonidan hujjatlashtirish ishlari olib borildi.
Bundan tashqari, tuman Bandlikka ko‘maklashish markazi direktori tomonidan fuqarolarga Toshkent, Samarqand va Qarshi shaharlaridagi kasb-hunarga o‘qitish markazlarida 4 ta yo‘nalishda ya'ni; Axborot texnologiyalari, mashinasozlik, yer usti transportlari va payvandchilik o‘quv kurslariga o‘qish va o‘rganish istagini bildirgan 11 nafar fuqaro shundan 6 nafar yoshlar o‘qish yo‘llanmalarini olishdi.
Mavzuga oid
13:36 / 04.02.2023
Surxondaryoda ikkita bog‘chaning bozor bahosi qariyb 1,7 mlrd so‘m bo‘lgan binolari va yerlari noqonuniy berib yuborildi
00:05 / 24.01.2023
24 yanvardan Surxondaryodagi barcha maktablarda darslar an’anaviy shaklda davom ettiriladi
15:04 / 18.01.2023
Surxondaryoda salkam 153 mln so‘m evaziga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi
16:12 / 16.01.2023