Light | 21:08 / 08.07.2018
40016
2 daqiqa o‘qiladi

Yozda iste'mol qilish xavfli bo‘lgan mahsulotlar

Foto: iStock

Jazirama ob-havo sharoiti fonida hatto juda sifatli va foydali oziq-ovqat mahsulotlari ham sog‘liq uchun xavfli shaklga kirishi mumkin. Oziq-ovqat mahsulotlaridagi mikroorganizmlar yuqori harorat sharoitida tez ko‘paya boshlaydi. Bu ayniqsa oqsil va uglevodlari ko‘p bo‘lgan mahsulotlarga tegishli, deyiladi Hvylya nashrida.

Shunday qilib, issiq yoz kunlarida sog‘liqqa zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar quyidagilar:

Pishiriqlar. Shifokorlar, eng avvalo, nachinkali pishiriqlarga alohida e'tibor qaratishni maslahat berishmoqda. Masalan, go‘sht yoki tvorogga tushgan bakteriyalar ularda juda tez ko‘paya boshlaydi. Kremli pishiriqlar ham shular jumlasiga kiradi. Shuning uchun yozda tashqaridan tayyor pishiriqlarni sotib olmagan ma'qul.

Kolbasa, tovuq go‘shti va pashtet. Bu mahsulotlarni xarid qilar ekansiz, ularni saqlash muddati va sharoitlariga e'tibor bering. Agar bu mahsulotlar muzlatgichdan tashqarida saqlanayotgan bo‘lsa, ularni sotib olmang.

Baliq. Ayniqsa, yapon taomlariga taalluqli. Ekzotik taomlarni yoqtiruvchilar yozgi mavsumda bunga alohida e'tibor qaratishlari lozim. Yuqori harorat ta'siri ostida baliq go‘shtidagi bakteriyalar juda tez ko‘payadi.

Tayyor salatlar. Do‘kon yoki umumiy ovqatlanish joylarida salat xarid qilayotib, uning tarkibiga e'tibor bering. Agar ingridiyentlar orasida baliq, tovuq go‘shti, pomidor, mayonez bo‘lsa, yanada ehtiyot bo‘ling.

Mavzuga oid