Samolyotda tug‘ilgan chaqaloqqa Uralbek deb ism qo‘yishdi

Foto: Pixabay
Samolyot bortida tug‘ilgan chaqaloqqa ota-onasi Uralbek deb ism qo‘yishdi. Bu haqda «24.kg» xabar qildi.
Qirg‘izistonlik Mahbuba Sermamatova Rossiyaning «Uralskiye avialinii» aviakompaniyasi samolyotida farzandli bo‘ldi. Samolyot O‘sh — Yekaterinburg yo‘nalishi bo‘ylab parvoz qilayotgandi.
Mahbuba Sermamatovaning aytishicha, u farzandini avgust oyida dunyoga keltirishi kutilayotgandi, shuning uchun bemalol samolyotda yo‘lga otlangan. Ammo samolyot osmonga ko‘tarilganidan so‘ng uni to‘lg‘oq tutgan va samolyot bortida og‘irligi 2,6 kg.li o‘g‘il farzandni dunyoga keltirgan. Mahbubaning ikki yarim yoshli yana bir o‘g‘li bor. U bir necha yildan buyon turmush o‘rtog‘i bilan Chelyabinsk shahrida yashaydi.
Mavzuga oid

18:54 / 05.05.2025
Samarqandda ayol 7 oylik chaqalog‘ini ko‘chaga tashlab ketdi

07:42 / 02.05.2025
BMT: Isroil blokadasi tufayli G‘azodagi chaqaloqlarning 92 foizi asosiy oziq-ovqatdan mahrum

09:45 / 02.04.2025
Uch kunlik chaqalog‘ini 60 mln so‘mga sotgan ayolga jazo tayinlandi

17:07 / 03.03.2025