Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Yuventus» Ronaldu uchun so‘ralgan pulni berishga tayyor
«Real» prezidenti Florentino Peres «Yuventus» uchun Krishtianu Ronalduning narxini oshirgandi.
Avvaliga «Real» ushbu futbolchisini 100 million yevroga sotishga rozi edi.
Ammo La Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, «Yuventus» Ronaldu uchun so‘ralgan pulni berishga tayyor. Aniq raqamlar hozircha keltirilmagan.
Italiyadagi boshqa bir nashr - La Stampa xabariga ko‘ra bu raqam - 130 million yevroga teng.
Peres agent Mendesh bilan uchrashuv vaqtida Ronalduning narxi 100 million emas, 130-150 million yevro bo‘lishini aytgan. Shu bilan birga, agar Ronaldu ketish g‘oyasi o‘zidan chiqqani haqida hammaga rasman ma'lum qilsa, uni arzonroqqa qo‘yib yuborishlari mumkin.
Bundan avvalroq portugaliyalik 33 yoshli futbolchi turinliklar klubi rahbariyati bilan 4 yillik shartnoma bo‘yicha kelishib olgani, uning yangi klubdagi yillik maoshi miqdori 30 million yevroni tashkil etishi haqida xabarlar berilgandi. Shuningdek, Jorjye Mendesh ushbu transferdan 20-25 million yevro ishlab olishni mo‘ljallagan.
Oxirgi xabarlarga ko‘ra, Ronalduning Turinga o‘tishi haqida 10 iyul kuni rasman e'lon qilinadi.
Mavzuga oid
15:10 / 01.05.2025
Ronaldu va Messi bir kunda yarimfinal o‘yinlarida yutqazdi
14:09 / 24.03.2025
Ronaldu noyob ko‘rsatkichga erishdi
15:28 / 30.01.2025
Ronaldu: «O‘g‘limga Mbappe yoqadi, u «Dada, Kilian sizdan yaxshiroq» dedi. Men esa «Kim ko‘proq gol urgan?» deb so‘radim»
11:06 / 14.12.2024