Jahon | 08:24 / 09.07.2018
9534
2 daqiqa o‘qiladi

Eymsberida zaharlanganlardan biri vafot etdi

Foto: Amesbury incident

Angliyaning Eymsberi shahrida asab-falajlovchi modda oqibatida zaharlangan ayol Don Sterjyess 8 iyul shifoxonada vafot etdi. Bu haqda Skotland-Yard ma'lum qildi. 

Shu tufayli politsiya voqeani qotillik sifatida tasniflab, tegishli jinoiy ish qo‘zg‘atgan. Marhumaning jasadi yorib tekshiriladi.

Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey ayolning vafot etganidan xabardor etilgan. Bosh vazir yuz bergan voqeadan “qayg‘udaligi va karaxt holda ekanini” aytgan. 

Ayol bilan birga shifoxonaga tushgan erkak hamon shifoxonada qolmoqda. Avvalroq shifokorlar uning ahvolini o‘ta og‘ir deb baholashayotgani ma'lum qilingan.

Foto: SKY NEWS/NC

Laboratoriya tekshiruvlarining ko‘rsatishicha, ayol va erkak” 4 oy oldin rossiyalik sobiq josus Sergey Skripal va uning qizi Solsberida zaharlangan asab-falajlovchi modda “Novichok”dan zaharlangan. Biroq politsiyada hozircha ushbu ikki voqeaning bir-biriga aloqadorligini ko‘rsatuvchi hech qanday bog‘liqlik yo‘qligi aytilgan.

Mavzuga oid