Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shaxmat bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston termasi birinchi o‘rinda bormoqda
Foto: O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi axborot xizmati
2018 yil 7-15 iyul kunlari Shri-lankaning Kalutara shahrida 7,9,11,13,15 va 17 yoshgacha bo‘lgan maktab o‘quvchilari o‘rtasida shaxmatning standart, rapid va blits yo‘nalishi buyicha Osiyo birinchiligi bo‘lib o‘tmoqda. 8 iyulda esa Osiyo maktab o‘quvchilari birinchiligining tezkor shaxmat yo‘nalishidagi bahslar o‘z nihoyasiga yetdi. Unda 14ta davlat vakillaridan 422 nafar yosh iqtidor sohiblari ishtirok etdi. Bu haqda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi axborot xizmati Kun.Uz’ga ma'lum qildi.
Tezkor yo‘nalish bo‘yicha O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan yoshlar 11ta medalni qo‘lga kiritishdi, shundan: 4tasi oltin, 3tasi kumush va 4tasi bronza medallardir. Qo‘lga kiritilgan umumiy va oltin medallar hisobiga ko‘ra, o‘zbekistonlik sportchilar birinchi o‘rinni egalladi:
9-14 iyulda musobaqaning asosiy, ya'ni standart yo‘nalishida bahslar davom etadi. Musobaqa yakunida esa blits yo‘nalishi bo‘yicha bahslar o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
14:10 / 14.05.2025
O‘zbekiston va Eron 1 mlrd dollarlik loyiha portfeli va savdo kelishuvlarini shakllantirdi
22:24 / 12.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
17:57 / 29.04.2025