Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand viloyatidagi radarlar vositasida jarima yozish boshlandi
Samarqand viloyati hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘llarida o‘rnatilgan maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd qiluvchi fotoradarlar to‘liq ishga tushirildi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar qilmoqda.
Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd qiluvchi radarlar belgilangan tezlikdan yuqori harakatlangan avtoulovlar tezligini qayd etadi. Shu vaqtning o‘zida yo‘l harakati qoidalari buzilganligi bo‘yicha jarima solish to‘g‘risida ma'muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsning ishtirokisiz transport vositalarining egalariga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda qarorlar chiqariladi va foto tasvir ilova qilingan holda yashash manzillariga yuboriladi.
Bundan ko‘zlangan maqsad, viloyat xududida og‘ir oqibatli yo‘l transport hodisalarining oldini olish, ularning sonini kamaytirish, haydovchilarning hushyorligini oshirish va yo‘l harakati ishtirokchilarining harakatlanish xavfsizligini ta'minlash hamda innovatsion texnologiyalarni hayotga tadbiq etishdan iboratdir.
Mavzuga oid
18:39 / 16.05.2025
O‘zbekiston yo‘llaridagi barcha radar va kameralar yil oxirigacha to‘liq xatlovdan o‘tkaziladi
18:04 / 16.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
16:46 / 16.05.2025
Kameralar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi
01:40 / 15.05.2025