Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda inflyatsiya darajasi 1,9 foizga o‘sdi
Xitoyda iste'mol narxlari indeksi (CPI) iyun oyida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,9 foizga o‘sdi, May oyida bu ko‘rsatkich 1,8 foizni tashkil etgan. Davlat statisika qo‘mitasi e'lon qilgan hisobotda shu haqda so‘z boradi.
Unga ko‘ra, iyun oyida shaharlardagi inflyatsiya yillik hisobda 1,8 foizni, qishloq tumanlarida 1,9 foizni tashkil etgan. Oziq-ovqat mahsulotlari narxi hisobot davrida 0,3 foizga, noiste'mol mollari 2,2 foizga qimmatlashgan. Iste'mol tovarlari narxi 1,5 foizga, xizmatlar qiymati 2 foizga o‘sgan.
Yangi sabzavot va mevalar narxi aksincha 1,8 foiz va 6,7 foizga arzonlashgan. Suv xo‘jaligi mahsulotlari 0,8 foizga arzonlashgan. Ammo go‘sht mahsulotlari may oyiga nisbatan 0,5 foizga qimmatlashgan.
Umuman, mamlakat bo‘ylab 2018 yil birinchi yarim yilligida inflyatsiya darajasi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2 foizni tashkil etgan.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025