Light | 09:00 / 10.07.2018
44934
2 daqiqa o‘qiladi

Olimlar uzoq umr ko‘rish sirini ochishdi

Foto: Getty Images

Toza havoda sayr qilish inson organizmiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi va barvaqt o‘lim xavfini ancha kamaytiradi. Sharqiy Angliya universiteti olimlari shunday xulosaga kelishdi.

Ilmiy guruh 290 milliondan ko‘proq odam ishtirok etgan 20ta davlatdan 140dan ko‘proq tadqiqot ma'lumotlarini tahlil qilishdi. Universitet olimlari yashil hududlarda cheksiz bo‘lish imkoniga ega bo‘lgan va toza havoda kam vaqt o‘tkazuvchi mijozlarning ko‘rsatkichlarini solishtirishgan.  

«Biz yashil daraxtlar orasida bo‘lish sog‘liq uchun turfa va katta ustunliklarga egaligini aniqladik. Bu ikkinchi turdagi qand kasalligi, yurak tomir kasalliklari, barvaqt o‘lim va barvaqt tug‘ish xavflarini kamaytiradi, uyqu davomiyligini uzaytiradi», deb aytilgan tadqiqotda.  

Bundan tashqari, ochiq havoda sayr qilish stress darajasi, qon bosimi, yurak ritmi va sog‘liqning umumiy ko‘rsatkichlariga ijobiy ta'sir qilar ekan.  

«Yashil hududlar yaqinida yashovchi odamlar jismoniy faollik va muloqot uchun ko‘proq imkoniyatga ega bo‘lsalar kerak. Shu bilan birga tabiiy hududlarda mavjud turli bakteriyalar immun tizimga ijobiy ta'sir qilishi va yallig‘lanishlar rivojlanishini kamaytiradi», deb aytmoqda olimlar.

Mutaxassislarning fikricha, sayr qilishning salomatlikka ijobiy ta'siri sabablaridan biri o‘simliklar tomonidan hosil qilinuvchi va bakteriyalar ko‘payishini to‘xtatuvchi biologik faol moddalar – fitonsidlar bo‘lishi mumkin.

Olimlarning ta'kidlashicha, ochiq havoda bo‘lish kasalliklar oldini olishning ajoyib usuli va dori-darmon bilan davolashning muqobili yoki unga qo‘shimcha bo‘lishi mumkin. 

Mavzuga oid