Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pompeo «Tolibon»ni AQShning yaqin orada qo‘shinlarni olib chiqib ketishini kutmaslikka chaqirdi
AQShning Janubiy Osiyodagi strategiyasi muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda va Qo‘shma Shtatlar Afg‘onistondan o‘z qo‘shinlarini olib chiqib ketish niyatida emas, dedi AQSh davlat Kotibi Mayk Pompeo Kobuldagi chiqishi chog‘ida.
«Bizning strategiyamiz «Tolibon»ga aniq ishora jo‘natib bo‘ldi: bizning chiqib ketishimizni kutish yaramaydi. Biz allaqachon jang maydonlarida ham natijalarni qo‘lga kiritmoqdamiz va u yerda «Tolibon»ning harakatlari sustlashib, tinchlik tomon yuz burmoqda», — dedi davlat departamenti tomonidan matni tarqatilgan o‘z chiqishida Pompeo.
Afg‘onistonda hukumat qo‘shinlari va mamlakatning qishloq hududlarining katta qismini egallab olgan va yirik shaharlar tomon harakat qilayotgan «Tolibon» radikal harakati jangarilari o‘rtasida ziddiyat davom etib kelmoqda.
Mavzuga oid
21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi
15:06 / 15.05.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan chorva mollarini import qilishi mumkin
17:22 / 14.05.2025
Afg‘oniston O‘zbekistonga Hirot oq marmarini sovg‘a qildi
17:47 / 12.05.2025