Jamiyat | 14:30 / 10.07.2018
20345
3 daqiqa o‘qiladi

Toshkent davlat agrar universitetida “Bitiruvchi-2018” marosimi bo‘lib o‘tdi

Toshkent davlat agrar universitetida 2018 yil 7 iyul kuni “Bitiruvchi-2018” tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Joriy o‘quv yilida Toshkent davlat agrar universitetini 16 ta bakalavr ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha bitirayotgan jami 1360 nafar talabaning 307 nafari davlat granti, 1053 nafari esa to‘lov-shartnoma asosida tahsil olishdi. Shuningdek, universitetning 20 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha 95 nafar bitiruvchisi bo‘lib, shundan 37 nafari davlat granti, 58 nafari to‘lov-shartnoma asosida o‘qib o‘z sohasi bo‘yicha magistrlik darajasiga ega bo‘ldilar.

 

Foto: Toshkent davlat agrar universiteti
Foto: Toshkent davlat agrar universiteti
Foto: Toshkent davlat agrar universiteti

Mazkur o‘quv yilida bitiruvchi bakalavr va magistrlardan 96 nafari imtiyozli diplomlarga ega bo‘lishdi. Eng quvonarli holatlardan biri, Toshkent davlat agrar universitetida o‘qib, diplom olgan bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari bitiruvchilarning barchasi shartnoma asosida ishga joylashtirildi hamda shulardan 72 foizi qishloq xo‘jalik sohasida faoliyat yuritishlari ta'minlandi.

Bundan tashqari, “2018 yil Faol tadbirkorlik va innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” Davlat dasturiga asosan Toshkent davlat agrar universiteti va “Fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqasiy markazi” DUK hamkorligida 2018 yil 19 fevralidan 17 martiga qadar universitetning bitiruvchi kurslari uchun “Biznes reja tuzish” o‘quv-seminar trening kurslari tashkil etildi. Trening yakunlari bo‘yicha 1011 nafar talabaga qishloq xo‘jaligi sohasida o‘z mutaxassisliklariga qo‘shimcha tarzda o‘zlari qiziqqan sohalari bo‘yicha sertifikatlar topshirildi. Kelgusida ushbu sertifikatlar yordamida bitiruvchi talabalar “O‘simliklar klinikasi”, “Limon ko‘chatini yetishtirish”, “Intinsiv bog‘dorchilikni tashkil etish”, “Asalarichilik faoliyatini yo‘lga qo‘yish”, “Baliqchilik maxsulotlarini ishlab chiqarish”, “Issiqxonalarda servis xizmat ko‘rsatish”, “Biogumus ishlab chiqarish” kabi jami 50 dan ziyod qishloq xo‘jaligi sohasida tadbirkorlik qilishlariga katta imkoniyatlar yaratildi.

Tadbirni Universitet rektori, akademik Sulaymonov Botirjon Abdushukirovich ochib berdi.

Foto: Toshkent davlat agrar universiteti
Foto: Toshkent davlat agrar universiteti
Foto: Toshkent davlat agrar universiteti
Foto: Toshkent davlat agrar universiteti
Foto: Toshkent davlat agrar universiteti

 

Mavzuga oid