Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya avgust oyidagi mashg‘ulotlarni o‘tkazmaslikka qaror qildi
Koreya respublikasi hukumati Ulchi deb nomlanuvchi hukumat mashg‘ulotlarini bekor qildi. U har yili avgust oyida inqirozli vaziyatlarda harakatlanish ko‘nikmalarini hosil qilish va urush ro‘y bergudek bo‘lsa, shaylik darajasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazilib kelinar edi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vaziri Kim Pu Kyom ma'lum qildi.
"Hukumat Koreya yarim orolida xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat o‘zgarayotgani va AQSh hamda J.Koreyaning qo‘shma harbiy mashg‘ulotlari bekor qilinishi munosabati bilan Ulchi mashg‘ulotlarini o‘tkazmaslikka qaror qildi", - deya vazir so‘zlarini keltiradi Yonhap agentligi.
Ulchi o‘quv mashg‘ulotlari 1969 yildan buyon o‘tkazib kelinadi. Unda turli hukumat idoralarining yarim millionga yaqin xodimi qatnashadi. Mashg‘ulotlardan ko‘zlangan maqsadlardan biri terrorizmga qarshi kurash hisoblanadi. 2008 yildan bu mashg‘ulotlar AQSh bilan birgalikda o‘tkaziladigan Ulchi Freedom Guardian dasturi bilan muvofiqlashtirilgan edi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025